Aniq nishon, aniq natija.

Facebook va Instagram reklamangizni oddiy tilda yarating, natijasini Telegramdan kuzating. Reklama to'xtatilgan holatda yaratiladi, yoqish sizning qo'lingizda.

Qanday ishlaydi

Uch qadam, texnik bilim kerak emas.

1

Telegramda boshlang

@MerganAiBot ni oching va /ulash bilan o'zingizning Facebook akkauntingizni ulang. Reklama akkauntingiz va sahifangizni o'zingiz tanlaysiz.

2

Reklamani yarating

Saytda havola, matn va byudjetni kiriting. Matn yozishda AI yordam beradi. Reklama to'xtatilgan holatda yaratiladi, pul sarflanmaydi.

3

Tekshiring va yoqing

Hammasini o'zingiz ko'rib chiqib, yoqasiz. Natijani Telegramdan kuzatasiz, kerak bo'lsa bir bosishda to'xtatasiz.

Nimalarga yordam beradi

Kunlik hisobot

Har ertalab kechagi sarf va natijalar Telegramga keladi.

Tahlil

Qaysi reklama yaxshi, qaysi biri pulni bekorga sarflayotganini ko'rsatadi.

To'lov ogohlantirishi

Facebook to'lovni yecha olmasa yoki akkaunt bloklansa, darhol xabar beradi.

Avto-qoida

Natija bermayotgan reklamani avtomatik to'xtatadi. Hech qachon o'zi yoqmaydi va byudjetni oshirmaydi.

Tayyorlik tekshiruvi

Business Manager, to'lov kartasi, sahifa va Instagram tayyormi, bir bosishda aniqlanadi.

Siz nazorat qilasiz

Ma'lumotingiz sizniki: istalgan paytda /uzish bilan ulanishni uzasiz yoki /ochirish bilan hammasini o'chirasiz.

Tariflar

Narxlar so'mda, bir oy uchun.

Sinov: 3 kun bepul

Bir martalik. 1 ta reklama, 4 ta AI matn, 1 reklama akkaunti, 1 foydalanuvchi. Karta kerak emas.

Bepul boshlash

Start

97 000
so'm / oy
Yillikda: 80 833 so'm / oy
  • Reklama akkaunti: 1
  • Faol kampaniya: 10
  • AI matn / oy: 10

Biznes

199 000
so'm / oy
Yillikda: 165 833 so'm / oy
  • Reklama akkaunti: 2
  • Faol kampaniya: 90
  • AI matn / oy: 40

Pro

379 000
so'm / oy
Yillikda: 315 833 so'm / oy
  • Reklama akkaunti: 5
  • Faol kampaniya: 200
  • AI matn / oy: 120

Agentlik

997 000
so'm / oy
Yillikda: 830 833 so'm / oy
  • Reklama akkaunti: 10
  • Faol kampaniya: 1000
  • AI matn / oy: 400

Yillik to'lovda 2 oy bepul: 12 oy uchun 10 oy narxi to'lanadi (17% arzon).

Ko'p beriladigan savollar

Mening reklama akkauntimga kim kira oladi?

Faqat siz. Mergan Ai sizning Facebook akkauntingiz orqali, siz bergan ruxsat doirasida ishlaydi. Ruxsatni istalgan paytda Facebook sozlamalaridan yoki botdagi /uzish orqali bekor qilasiz.

Reklama o'zi pul sarflab yuboradimi?

Yo'q. Yangi reklama doim to'xtatilgan holatda yaratiladi. Pulni faqat siz yoqqaningizdan keyin sarflaydi.

Reklama pulini kimga to'layman?

Reklama pulini Facebook'ga o'zingizning kartangiz bilan to'laysiz. Mergan Ai faqat xizmat tarifi uchun haq oladi.

Qaysi tillarda ishlaydi?

O'zbek, rus va ingliz tillarida.

Savol bo'lsa kimga yozaman?

Telegramda @MerganAiSupport ga yozing.