Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 26-noyabr. Xizmat: Mergan Ai (merganai.uz, app.merganai.uz, Telegram bot @MerganAiBot).
Biz nima qilamiz
Mergan Ai tadbirkorlarga o'zining Meta (Facebook va Instagram) reklamasini yaratish va boshqarishda yordam beradi hamda natijalarni Telegram orqali yuboradi.
Qanday ma'lumot yig'amiz
- Telegram: foydalanuvchi ID'si, username va siz tanlagan til.
- Meta: Facebook orqali kirganingizdan keyin kirish tokeni (shifrlangan holda saqlanadi), siz tanlagan reklama akkaunti, Business Manager va sahifa identifikatorlari hamda tanlangan reklama akkauntining natijalari (sarf, natija).
- Xizmat ichidagi amallarning texnik jurnali (xavfsizlik va yordam uchun). Biz shaxsiy xabarlaringiz, do'stlaringiz va postlaringizni o'qimaymiz.
Nima uchun ishlatamiz
Faqat xizmatni ko'rsatish uchun: reklamani sizning akkauntingizda yaratish, natijani ko'rsatish, ogohlantirish yuborish va obunani hisoblash. Ma'lumotingizni sotmaymiz va uchinchi shaxslarga bermaymiz. Istisno: to'lovni qabul qiladigan to'lov tizimlari (Payme, Click) va siz yozgan qisqa tavsif asosida reklama matnini tayyorlaydigan AI xizmati.
Meta'dan so'raladigan ruxsatlar
ads_management va ads_read (siz tanlagan reklama akkauntida reklamani yaratish va o'qish), business_management (biznes obyektlaringiz ro'yxati), pages_show_list va pages_read_engagement (reklama qaysi sahifa nomidan chiqishini tanlash). Reklama doim to'xtatilgan holatda yaratiladi, sizning amalingizsiz yoqilmaydi.
Saqlash va o'chirish
Botda /uzish bilan Facebook ulanishini istalgan paytda uzasiz, /ochirish bilan barcha ma'lumotingizni o'chirasiz. Shuningdek, Facebook sozlamalarida ilovani olib tashlashingiz mumkin (Sozlamalar > Business integrations). Olib tashlaganingizda, Meta so'rovi bo'yicha ma'lumotlaringiz o'chiriladi. So'rov holati: /deletion. Qo'lda o'chirish uchun @MerganAiSupport ga yozing.
Xavfsizlik
Tokenlar shifrlangan holda saqlanadi, xizmat HTTPS orqali ishlaydi, serverga kirish cheklangan.
Aloqa
Telegram: @MerganAiSupport.